UZCARD «Omad mavsumi 2.0» aksiyasini boshlaydi: har ikki haftada sovrinlar o‘ynaladi

4-sentabr kuni UZCARD to‘lov tizimi yangi «Omad mavsumi 2.0» aksiyasini boshlaydi. Aksiya 2026-yil 30-noyabrgacha davom etadi. Uch oy davomida UZCARD karta egalari onlayn to‘lovlar, pul o‘tkazmalari yoki Tez QR orqali to‘lovlarni amalga oshirib, televideniyeda o‘tkaziladigan sovrinli o‘yinlarda ishtirok etishlari hamda pul mukofotlari, smartfonlar, maishiy texnika to‘plamlari va elektromobillarni yutib olishlari mumkin.
Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun aksiyada qatnashuvchi operatsiyalardan birini 100 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshirish lozim. Har bir to‘lov yoki pul o‘tkazmasi uchun ishtirokchiga yutish uchun muayyan miqdorda imkoniyat beriladi:
- onlayn to‘lov — 1 ta imkoniyat;
- kartadan kartaga pul o‘tkazish — 2 ta imkoniyat;
- Tez QR orqali to‘lov — 3 ta imkoniyat.
G‘oliblar har ikki haftada televideniyeda o‘tkaziladigan sovrinli o‘yinlar doirasida aniqlanadi. Ishtirokchi UZCARD kartalari orqali onlayn to‘lovlarni qanchalik ko‘p amalga oshirsa, shunchalik ko‘p imkoniyat to‘playdi va uning yutish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
To‘plangan imkoniyatlar sonini Telegram’dagi @CardXabarBot orqali kuzatib borish mumkin. Yangi foydalanuvchilar botdan uch oy davomida — aksiya o‘tkaziladigan butun davr mobaynida bepul foydalanishlari mumkin.
Aksiyaning umumiy sovrin jamg‘armasi har biri 25 million so‘mdan 12 ta pul mukofoti, 12 ta iPhone 17 Pro smartfoni, uchta maishiy texnika to‘plami va uchta BYD Yuan Up elektromobilini o‘z ichiga oladi. Sovrinli o‘yinlar aksiya davomida bosqichma-bosqich o‘tkaziladi, shu bois ishtirokchilar har bir o‘yin davrida sovrin yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Aksiya 2026-yil 4-sentabrdan 30-noyabrgacha davom etadi.